Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Arab Ligasi sammitiga taklif qilindi

Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni o'z mamlakatida bo'lib o'tadigan Arab Ligasi sammitiga faxriy mehmon sifatida taklif qildi. Bu haqda Jazoir Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

1883549
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Arab Ligasi sammitiga taklif qilindi

 

Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni o'z mamlakatida bo'lib o'tadigan Arab Ligasi sammitiga faxriy mehmon sifatida taklif qildi.

Bu haqda Jazoir Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi munosabati bilan AQShning Nyu York shahrida bo'lgan Jazoir Tashqi ishlar vaziri Ramtan Lamamra Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda Jazoir Tashqi ishlar vaziri Ramtan Lamamra Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbunning Qo'shilmaslik harakatining amaldagi rahbari sifatida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni noyabr oyida Jazoirda bo'lib o'tadigan Arab Ligasi sammitiga faxriy mehmon sifatida ishtirok etishga taklif qilganini ma'lum qildi.
Vazir Lamamra Prezident Tebbunning taklifnomasini Ozarbayjonlik hamkasbi Bayramovga topshirdi.

Yetakchilar shuningdek, Qo'shilmaslik harakatining xalqaro keskinlikdagi rolini faollashtirish borasida ham fikr almashgani qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Jazoir , #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar