Mirziyoyev bilan Berdimuhamedov bolajak uchrashuvlar kun tartibini muhokama qildilar

Shavkat Mirziyoyev bilan Serdar Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi.

1883400
Mirziyoyev bilan Berdimuhamedov bolajak uchrashuvlar kun tartibini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra muloqot avvalida Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan chin dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar turkman xalqiga esa farovonlik tilagan.

Qayd etilishicha muloqot davomida O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning keng qamrovli kun tartibini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturini kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etilgan.

Davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan ham fikr almashib, Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitining sermahsul natijalarini yuksak baholaganlar.

Muloqot yakunida O‘zbekiston Prezidenti birodar Turkmaniston Prezidenti va xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tilagan.

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedovning suhbati har doimgidek samimiyat, ishonch va do‘stlik ruhida o‘tgan.

 

 



Aloqador xabarlar