Qirg‘iziston bilan Tojikiston o‘rtasida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha protokol imzolandi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev bilan Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Saymo‘min Yatimov uchrashdi.

1882005
Qirg‘iziston bilan Tojikiston o‘rtasida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha protokol imzolandi
kırgızistan tacikistan.jpg

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegarada yuz bergan qurolli to‘qnashuvdan so‘ng, ikki davlat razvedka tashkilotlari rahbarlari o‘rtasida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha protokol imzolandi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev bilan Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Saymo‘min Yatimovning Tojikistonda uchrashgani ma’lum qilindi.

Uchrashuvda, 16-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da e’lon qilingan otashkesim ortidan, harbiy kuchlarning ortga chekinishi va vaziyatni barqarorlashtirish uchun protokol imzolangani ma’lum qilindi.

Uchrashuvda Tashiyevning, mojarolar chog‘ida Tojikiston tomonidan qo‘lga olingan qirg‘izistonlik 4 askarning ozod etgani ham qayd etildi.

Ikki davlat chegara qo‘shinlari juma kuni ertalab o‘q otishgandi.

Unda har ikki tomondan ham qurbonlar berilgan.

 



Aloqador xabarlar