Bugun Qirgʻizistonda "Milliy motam kuni" deb e'lon qilindi

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida hali haniz aniqlik kiritilmagan sabablar yuzasidan ikki o‘lkaning qo‘riqlash bo‘linmalari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuzaga keldi

1881534
Bugun Qirgʻizistonda "Milliy motam kuni" deb e'lon qilindi
Kırgızistan Yasta-2
kırgızistan tacikistan.jpg
Kırgızistan Bayrak.jpg

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi va unda qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni qo‘lga oldilar.

Mavzu haqida Qirg‘izistonning Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra, Japarov, Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan. Unda Japarov Vladimir Putinga, Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi to‘qnashuvda tinch aholidan qurbonlar borligi shuningdek, ko‘plab ijtimoiy va fuqarolik infratuzilma ob’yektlariga ziyon yetkazilgani haqida ma’lumot bergan.

Davlat rahbarlari Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi inqirozni tinch va diplomatik yoʻl bilan tezroq hal etish muhimligini taʼkidlaganlar.

Ayni vaqtda Prezident Japarov Qirg‘izistonning Batken viloyatida yuzaga kelgan qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaroda halok bo‘lganlar xotirasiga 19-sentabr kunini, “Milliy motam kuni” deb e’lon qildi.

Taʼkidlanishicha, Japarov, mojarodan ziyon koʻrgan maʼmuriy va fuqarolik turar-joylarni qayta tiklash va rivojlantirish, shuningdek, jarohatlarni davolash boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan birinchi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan.

Eslatib o‘tamiz:

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida hali haniz aniqlik kiritilmagan sabablar yuzasidan ikki o‘lkaning qo‘riqlash bo‘linmalari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuzaga keldi. Oqibatida, Qirg‘iziston tomonidan 60 nafarga yaqin kishi halok bo‘lar ekan, 129 kishi tan jarohati oldi.



Aloqador xabarlar