Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Samarqandga keldi

Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

1880437
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Samarqandga keldi

 

Bugun, 15 sentyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yetib keldi.

Bu haqda O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmatida xabar berildi.

Qayd etilishicha, xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ma’lumotga ko‘ra, tashrif dasturida Serdar Berdimuhamedov Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezident Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi.

SHHT sammitida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston davlat hamda hukumat rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Belorus prezidenti Lukashenko allaqachon Samarqandga yetib kelgan. 



Aloqador xabarlar