Qirg‘iziston va Tojikiston chegara zonasida otishma yuz berdi

Qirg‘izistonning Botken viloyati ma’muriyati ma’lum qilishicha, ayni paytda ikki davlat chegarasidagi otishma to‘xtagan. Tojikiston rasmiylari bir nafar tojik askar halok bo‘lganini va 2 nafari yaralanganini ma’lum qilgan.

1879774
Qirg‘iziston va Tojikiston chegara zonasida otishma yuz berdi

 

Bugun, 14 sentyabr kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegara zonasida otishma yuz berdi. 

Qirg‘iziston Chegara xizmati tomonidan berilgan bayonotda bugun ertalab soat 07:00 atrofida Botken viloyatining Tojikiston bilan chegaradosh qismida ikki davlat qo‘riqchilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lgani ma’lum qilindi.

Qirg‘izistonning Botken viloyati ma’muriyati ma’lum qilishicha, ayni paytda ikki davlat chegarasidagi otishma to‘xtagan.

“Ikki davlat rasmiylarining uchrashuvi natijasida mahalliy vaqt bilan soat 12:40 atrofida qurolli to'qnashuv to‘xtatilgan. Chegarachilar ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchilar yo‘q. Chegaraning boshqa uchastkalari tinch”, deb ma'lum qilgan ma’muriyat vakili.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi mojaroda qirg'iz tomondan hech kim halok bo‘lmagani yoki jarohatlanmaganini ta’kidlagan bo‘lsa-da, Tojikiston rasmiylari ularning bir askari halok bo‘lganini va 2 nafari yaralanganini ma’lum qilgan.

Rasmiylarga ko‘ra, Qirg‘izistonning Botken viloyati gubernatori Abdikarim Alimboyev va Tojikistonning So‘g‘d viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzoda chegaradagi vaziyatni muhokama qilishgan. Hozirda ikki davlat chegara xizmatlari vakillari aloqada bo‘lib, restavratsiya ishlarini olib bormoqda.


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #Tojikiston

Aloqador xabarlar