TDT Bosh kotibi Bag’dod Amreyev Ozarbayjonga hamdardlik bildirdi

Bag'dod Amreyev Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi chegarada Armaniston qurolli kuchlarining harbiy provokatsiyalaridan xavotirda ekanini ma'lum qildi.

1879576
TDT Bosh kotibi Bag’dod Amreyev Ozarbayjonga hamdardlik bildirdi

 

Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Bag’dod Amreyev Ozarbayjon-Armaniston chegara chizig’idagi to’qnashuvda Ozarbayjon harbiy xizmatchilari halok bo‘lgani munosabati bilan Prezident Ilhom Aliyev va ozarbayjon xalqiga ta’ziya izhor etdi. 

TDT tomonidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Bosh kotib Bag'dod Amreyev Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi chegarada Armaniston qurolli kuchlarining harbiy provokatsiyalaridan xavotirda ekanini bildirdi va buni qoraladi.

Amreyev Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi normallashuv va tinchlik jarayonining Janubiy Kavkazda mustahkam tinchlik va barqarorlik uchun muhimligini ta'kidladi.

Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari daxlsizligini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidlagan Amreyev Armanistonni ikki qo‘shni davlat o‘rtasida erishilgan mavjud kelishuvlarga rioya qilishga chaqirdi. 

“Turkiy Davlatlar Tashkiloti to'qnashuvda halok bo'lgan qahramon askarlarning oila a’zolariga, qardosh Ozarbayjon xalqiga va hukumatiga hamdardlik bildiradi, jarohatlanganlarning tezroq sog’ayib ketishini tilaydi”, - dedi Bag’dod Amreyev.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi kecha, 13 sentyabr kuni ertalab Armanistonning chegarada uyushtirgan provokatsiyalari natijasida 50 nafar askar halok bo'lganini ma'lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Bag'dod Amreyev , #TDT

Aloqador xabarlar