Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi vitse-prezidentini mukofotladi

O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh chet el fuqarolarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

1874271
Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi vitse-prezidentini mukofotladi

 

O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh chet el fuqarolarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmon bilan quyidagilar “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi:

1. Fuat Oktay - Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti

2. Manturov Denis Valentinovich - Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri

3. Xolid Abdulaziz al-Falih - Saudiya Arabistoni Podshohligi Investitsiyalar vaziri

4. Muhammad bin Abdulla al-Gargaviy - Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri

5. Lyuk Devin - Yevropa tashqi aloqalar xizmati Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori o‘rinbosari

6. Van Yanchji - Ipak Yo‘li Jamg‘armasi prezidenti – Direktorlar kengashi ijrochi direktori (Xitoy Xalq Respublikasi)

7. Deniyel Rozenblyum - AQSHning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

8. Guliyev Guseyn Rzagulu o‘g‘li - Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

9. Chernikova Alevtina Anatolevna - Rossiya Federatsiyasining "MISiS" milliy texnologik tadqiqotlar universiteti rektori

10. Malishev Vladimir Sergeyevich - Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori

11. Tregulova Zelfira Ismailovna - Tretyakov Davlat galereyasi Bosh direktori (Rossiya Federatsiyasi)

12. Ziyadullayev Nabi Saidkarimovich - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy maslahatchisi.



Aloqador xabarlar