Armanlar Lochin hududidagi uylarni yoqib shaharni tark etmoqda

Oyning oxirida Ozarbayjon nazorati ostida bo'ladigan Lachinga noqonuniy ravishda joylashgan  armanlar, taslim kunidan  oldin shaharga zarar yetkazishda davom etmoqda.

1869488
Armanlar Lochin hududidagi uylarni yoqib shaharni tark etmoqda

 

Armanlar oy oxirida Ozarbayjon nazoratiga o'tadigan Lachindagi uylar va o'rmon maydonlarini yoqib shaharni tark etmoqda.

Oyning oxirida Ozarbayjon nazorati ostida bo'ladigan Lachinga noqonuniy ravishda joylashgan  armanlar, taslim kunidan  oldin shaharga zarar yetkazishda davom etmoqda.

Mintaqadagi armanlar binolar va oʻrmonlarga oʻt qoʻyib, Lochinni tark etmoqda.

Arman ko‘chmanchilarining uylarni yoqib, atrof-muhitga zarar yetkazayotgani aks etgan ko‘plab suratlar tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va katta  reaksiyalarga sabab bo’ldi.

2020-yil 10-noyabrda Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya oʻrtasida imzolangan uch tomonlama deklaratsiyaga koʻra, Qorabogʻdagi Lachin va baʼzi atrofidagi qishloqlarda yashovchi armanlar avgust oyi oxirida noqonuniy joylashgan hududni tark etadilar va shahar Ozarbayjon nazorat ostiga olinadi.

2020-yil 1-dekabrda ishg‘oldan ozod qilingan Lochin va uning atrofidagi qishloqlarda ham Yaqin Sharqdan ko‘plab muhojirlar ham noqonuniy  ravishda yashab kelmoqda.

Migrantlar va mintaqadagi muvaqqat rus askarlari ham oy oxirigacha shaharni tark etadi.

Boshqa tomondan, Lochin atrofidagi yo'l qurilishining muhim qismi yakunlanishi bilan Ozarbayjonning shahar ustidagi nazorati ta’min etiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yoqmoqda , #O'rmon , #Uylar , #Armanlar , #Lachin , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar