Samarqandda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” TIV rahbarlari sammiti bo‘lib o'tadi

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Yevropa masalalari bo‘yicha bosh direktori Aybek Shaxavuddinov va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Mindaugas Kacherauskas sammitga tayyorgarlik masalasini ko'rib chiqdi.

1868134
Samarqandda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” TIV rahbarlari sammiti bo‘lib o'tadi

 

Shu yilning noyabr oyida O‘zbekistonning tarixiy Samarqand shahrida Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligining Yevropa masalalari bo‘yicha bosh direktori Aybek Shaxavuddinov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Mindaugas Kacherauskas bilan uchrashdi. Ular tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. 

Suhbat chog‘ida noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” tashqi ishlar vazirlarining 18-uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish va hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bayonotga koʻra, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi doirasida tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha “Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi” tashqi ishlar vazirlarining birinchi konferentsiyasi ham boʻlib oʻtadi.

Eslatib o'tamiz, “Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi” tashqi ishlar vazirlarining 17-yig‘ilishi o'tgan yili noyabr oyida Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgandi.



Aloqador xabarlar