Hulusi Akar O‘zbekiston Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan muloqot qildi

Muloqot chog'ida ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy mudofaa hamda xavfsizlik va mudofaa sanoati sohasida hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

1866957
Hulusi Akar O‘zbekiston Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan muloqot qildi

 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha, 11-avgust kuni O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Milliy mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov suhbat avvalida Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akarni yaqinlashib kelayotgan G'alaba bayramining 100 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklab, birodar turk xalqiga sihat-salomatlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Hulusi Akar o'tgan hafta Turkiya delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi chog'ida ko’rsatilayotgan samimiy mehmondo’stlik uchun minnatdorlik bildirdi. 

Turkiya va O’zbekiston bir-birini e’zozlaydigan ikki davlat ekanligini ta’kidlagan Hulusi Akar, qardosh O'zbekiston bilan mudofaa sanoati va harbiy hamkorlik bo'yicha Turkiya tajribalarini o'rtoqlashishga tayyor ekanini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya va O’zbekiston mushtarak ko’xna tarix va madaniyatga ega bo’lgan qardosh davlat. Turkiya ikki davlat munosabatlariga juda katta ahamiyat bermoqda. Turkiya va O’zbekiston o’rtasida mustahkam qardoshlik aloqalariga tayangan strategik sheriklik mavjud.

Turkiya va O’zbekistonni madaniyati va tarixi bir ikki davlat deb baholagan Qurbonov, “Davlatlarimiz o’rtasida tezkor rivojlanib borayotgan munosabatlarga bog’liq ravishda harbiy aloqalarimiz ham rivojlanmoqda”,-dedi.

Muloqot chog'ida shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy mudofaa hamda xavfsizlik va mudofaa sanoati sohasida hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.



Aloqador xabarlar