Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollari Qirg‘iziston Prezidenti bilan uchrashdi

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

1865735
Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollari Qirg‘iziston Prezidenti bilan uchrashdi

 

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Kengashning navbatdagi yig‘ilishi doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ishtirokchilar bilan uchrashdi.

Unda Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar Kengashining O‘zbekistondagi aʼzosi, Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev ham ishtirok etdi.

Sadir Japarov yoshi ulug‘lar jamiyat va davlatda hayotida muhim o‘rin tutayotganini taʼkidlab, globallashuv davrida tashkil etilgan Oqsoqollar Kengashi dunyodagi eng kuchli uyushmalardan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.

Qirg‘iziston rahbari O‘zbekiston Oqsoqoli bilan suhbat davomida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ko‘rganlari dunyoqarashini tamoman o‘zgartirib yuborganini, ochiq boshqaruvda Shavkat Mirziyoyevdan ko‘p narsa o‘rganganini taʼkidlagan.

Sadir Japarov joriy yil Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammitida, albatta, ishtirok etishi va ushbu sammit yuqori darajada o‘tkazilishiga ishonch bildirdi.

Oqsoqollar Kengashining yig‘ilishi davom etmoqda.



Aloqador xabarlar