Arman harbiylari Ozarbayjon pozitsiyalariga 10 marta o‘t ochdi

Ozarbayjon qo'shinida hech qanday shaxsiy va texnik yo'qotish kuzatilmagan. Hujumga qarshi javob choralari ko'rilgan.

1865247
Arman harbiylari Ozarbayjon pozitsiyalariga 10 marta o‘t ochdi

 

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi so‘nggi 24 soat ichida arman qurolli bo‘linmalari Ozarbayjon armiyasi pozitsiyalariga 10 marta o‘t ochganini ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda, Kalbachar va Lochin viloyatlari, chegaradagi pozitsiyalar Basargecher, Karakilise va Gorus viloyatlaridagi arman pozitsiyalaridan 6 marta o'qqa tutilgani bildirildi.

Rossiya unsurlari vaqtincha joylashtirilgan Ozarbayjon hududida noqonuniy arman qurolli guruhlari Kalbachar yoʻnalishida Ozarbayjon qoʻshini pozitsiyalariga 4 marta snayper qurollari va turli kalibrli qurollardan oʻq uzgani maʼlum qilindi. 

Ozarbayjon qo'shinida hech qanday shaxsiy va texnik yo'qotish kuzatilmagan. Hujumga qarshi javob choralari ko'rilgan.

Bayonotda Rossiya unsurlari vaqtincha joylashtirilgan Ozarbayjon hududlarida ham, chegarada ham yuzaga kelgan keskinlikning butun javobgarligi Armaniston maʼmuriyatida ekanligi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar