Bishkekda Turkiy Davlatlar Tashkiloti Oqsoqollar Kengashi yig’ilishi o’z ishini boshladi

Tadbirni Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Oqsoqollar Kengashi raisi Binali Yildirim ochib berdi.

1865026
Bishkekda Turkiy Davlatlar Tashkiloti Oqsoqollar Kengashi yig’ilishi o’z ishini boshladi

 

Qirg’iziston poytaxti Bishkekda Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Oqsoqollar Kengashining navbatdagi yig’ilishi o’z ishini boshladi.

Mazkur anjumanga Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) raisi o‘rinbosari Binali Yildirim boshchilik qilmoqda.

Yig‘ilishda Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Bag’dot Amreyev, kengashning Qirg‘izistondagi vakili Medetka Sherimkulov, Ozarbayjon vakili Hasan Hasanov, Qozog‘iston vakili Ikram Adirbek, O‘zbekiston vakili Bahtiyar Sayfullayev shuningdek, Turkmanistondan esa Rajap Bazarov ishtirok etmoqda.

Tadbirni Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) raisi o‘rinbosari Binali Yildirim ochdi.

Yig‘ilishni ochar ekan, Binali Yildirim 11 noyabrda O’zbekistonda bo’lib o’tadigan Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitiga e’tibor qaratib, quyidagilarni qayd etdi:

“Bundan oldin 29-sentyabrdan 2-oktyabrgacha Turkiyaning Iznik shahrida Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarini oʻtkazamiz. Maqsadimiz bu oʻyinlarni dunyoning barcha mamlakatlariga yoyish va shu orqali madaniy va tarixiy birdamligimizni yanada mustahkamlashdir”.

U shuningdek, bu o'yinlarning kelajakda turk davlatlari va turk dunyosi uchun olimpiadaga aylanishi mumkinligini aytdi.

Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbankulu Berdimuhammedovning Oq soqollar kengashiga a’zo sifatida kiritilganligini ifoda etgan Yildirim,

“Bu Oqsoqollar kengashini mustahkamlovchi juda muhim qadam hisoblanadi. Berdimuhammedovning delegatsiyamiz tarkibiga kiritilishi bizga kuch beradi”, dedi.

TDT bosh kotibi Bag’dod Amreyev ham o’z navbatida Yevroosiyo geografiyasi muammolarga duch kelayotganini ta'kidladi.

“Dunyo va mintaqamiz duch kelayotgan tahdidlar qardosh turkiy davlatlarning bir-birlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zaruratini tug’dirmoqda. Qardosh Turkmanistonning ham tashkilotimizga kuzatuvchi sifatida qo’shilishi bilan tarixda ilk bor turk davlatlari bir tom ostida birlashgan bo’ldi”,-dedi Bag’dod Amreyev.



Aloqador xabarlar