Ozarbayjonning Londondagi elchixonasiga hujum sodir etildi

Londondagi elchixona binosiga bir guruhning kirib kelgani va buzg'unchilik harakatini sodir etgani, binoning balkoniga diniy bayroqlarni osib, radikal shiorlar aytgani ma'lum qilingan.

1863984
Ozarbayjonning Londondagi elchixonasiga hujum sodir etildi

 

Kecha, 4 avgust kuni Ozarbayjonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi radikal diniy guruh hujumiga uchradi.

Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, shaxsi noma’lum bir necha kishi elchixona binosiga bostirib kirib, bino ayvonida diniy bayroqlarni ochib, radikal shiorlarni aytgan. Mahalliy politsiya aralashuvi bilan vandalizm to‘xtatilgan va jinoyatchilar qo‘lga olingan.

Hodisa oqibatida elchixona xodimlari jabrlanmagan. 

Voqea yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Bayonotda Vena konventsiyasiga muvofiq diplomatlar va diplomatik binolar xavfsizligiga oid ogohlantirish diplomatik kanallar orqali Britaniya rasmiylariga yetkazilgani qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar