Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Makron bilan muloqot qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev telefon orqali muloqot qildi.

1864205
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Makron bilan muloqot qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev telefon orqali muloqot qildi.

Ozarbayjon Prezidentligidan berilgan bayonotga ko'ra, Ilhom Aliyevga qo'ng'iroq qilgan Emmanuel Makron, mintaqada so'nggi kunlarda ortib borayotgan taranglikdan xavotirini bildirdi.

Makron Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasidagi muzokaralarni davom ettirish va 2020-yil 10-noyabrdagi (Qorabogʻ boʻyicha) uch tomonlama deklaratsiya qoidalarini amalga oshirish muhimligini taʼkidlab, Fransiya ikki davlat oʻrtasidagi muloqotni davom ettirishni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Aliyev esa, yana bir harbiy provokatsiya Armaniston tomonidan amalga oshirilganligini va Rossiya unsurlari vaqtincha joylashtirilgan Ozarbayjon hududlarida sodir etilgan provokatsiya natijasida bir Ozarbayjon askari hayotdan ko'z yumganini bildirdi.

Ozarbayjon armiyasi provokatsiyaning oldini olganini ifoda etgan Aliyev, taranglikning butun mas'uliyati Armanistonga tegishli ekanligini qayd etdi.

Aliyev, Ozarbayjonning Qorabogʻ hududida mavjud boʻlgan arman askarlari va noqonuniy arman harbiy boʻlinmalari Ozarbayjon hududidan chiqarib yuborilishi kerakligini taʼkidladi.

Buni Armaniston tomonidan hali taqdim etilmaganini bildirgan Aliyev, Yerevan boshqaruvi 2020-yil 10-noyabrdagi uch tomonlama deklaratsiyani buzganligini va oʻz majburiyatlarini bajarmaganligini maʼlum qildi.

Aliyevning qayd etishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan uch tomonlama deklaratsiya qoidalariga ko‘ra erishilgan kelishuv natijasida Lachin koridoriga muqobil yangi yo‘lning yo‘nalishi aniqlangan.

Yo‘lning Ozarbayjon tomonidan qurilganini va buning tugash arafasida ekanini tilga olgan Aliyev, ishlar tugagach, bu yo‘lga rus unsurlarini joylashtirish rejalashtirilayotganini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar