Arman harbiylari Ozarbayjon pozitsiyalariga 12 marta o‘q uzdi

Ozarbayjon kuchlari bo‘linmalari arman hujumiga qarshi javob choralarini qo'llamoqda.

1864283
Arman harbiylari Ozarbayjon pozitsiyalariga 12 marta o‘q uzdi

 

Bugun, 5 avgust kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi respublika Qurolli Kuchlarining Armaniston bilan chegarasi va Qorabog‘dagi pozitsiyalari o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi.

“O‘tgan sutka davomida arman qurolli tuzilmalari Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini 12 marta o‘qqa tutdi”, deyiladi xabarda.

Mudofaa idorasining aniqlik kiritishicha, Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi Basarkechar tumanining Narimonli va Zyarkand aholi punktlari yo‘nalishida joylashgan pozitsiyalardan Ozarbayjon armiyasining Kalbajar va Lochin viloyatlaridagi pozitsiyalari uch martadan o‘qqa tutilgan.

Xabarda aytilishicha, “Rossiya tinchlikparvar kuchlari vaqtincha joylashgan Ozarbayjon hududidagi noqonuniy arman qurolli tuzilmalari a’zolari”  snayper miltiqlari va turli kalibrli o‘qotar qurollardan Ag‘dam, Xo‘javand va Xo‘jayli tumanlari yo‘nalishida Ozarbayjon Qurolli Kuchlarining pozitsiyalariga to‘qqiz marta o‘q uzgan.

“Ozarbayjon armiyasining shaxsiy tarkibi va texnikalarida yo‘qotish yo‘q”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ozarbayjon kuchlari bo‘linmalari arman hujumiga qarshi javob choralarini qo'llamoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Armaniston

Aloqador xabarlar