Bayramov Armaniston bilan boʻlgan munosabatlarga e'tibor qaratdi

Jayhun Bayramov Toshkentdagi yigʻilishda Armaniston bilan boʻlgan munosabatlarga e'tibor qaratdi.

1862811
Bayramov Armaniston bilan boʻlgan munosabatlarga e'tibor qaratdi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov, Armanistonning bundan buyon aniq qadamlar tashlashi kerakligini qayd etdi.

Bayramov O‘zbekiston poytaxti Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiya-O‘zbekiston-Ozarbayjon Tashqi ishlar, Savdo va Transport vazirlari yig‘ilishida ishtirok etdi va unda nutq so‘zladi.

Ozarbayjonning o‘z tuproqlaridagi ishg‘ol izlarini o‘chirishdan tashqari Armaniston bilan urushdan keyingi normallashuv jarayoniga ham kirganiga e’tibor qaratgan Bayramov, bu doirada ikki davlat o‘rtasida o‘zaro mustaqillik, hududiy yaxlitlik va davlat chegaralarining daxlsizligi tamoyillari asosida bir-birini tan olish va hurmat doirasida aloqalar o‘rnatishni taklif qilganliklarini bildirdi.

Bayramovning qayd etishicha mintaqada, Janubiy Kavkazda barqaror, xavfsiz va farovon muhit yaratilayotgani buning natijasidir.

Mavzu haqida Bayramov shuningdek:

“Ozarbayjon bilan Armaniston oʻrtasida dinamizm kuchayib bormoqda biroq Armaniston, muzokaralar olib borayotganga oʻxshamaydi. Faqat muzokaralar olib borayotgandek ko‘rinmoqda. Bu nuqtada yaxshi niyatli majburiyatlarni bajarish oʻrniga Armaniston, sun’iy usullar va turli yo‘llar bilan barcha uchrashuv va munozaralarni keyinga surmoqda. Shu bois ham biz erishmoqchi bo‘lgan taraqqiyot cheklanmoqda. Hozirning o‘zida to‘liq normallashuv uchun tarixiy imkoniyat bor. Buni qo‘ldan boy bermaslik uchun Armaniston endi aniq qadamlar tashlashi kerak. Xavfsizlik va farovonlik nuqtai nazaridan o‘zaro manfaat ichida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga ehtiyojimiz bor”.-deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar