O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya TIV rahbarlari OAV vakillariga brifing berdi

Toshkentda O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiyaning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalaridan masʼul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari ishtirokidagi “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” uch tomonlama birinchi yig‘ilishi o‘z nihoyasiga yetdi.

1862817
O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya TIV rahbarlari OAV vakillariga brifing berdi

 

Toshkentda O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiyaning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalaridan masʼul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari ishtirokidagi “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” uch tomonlama birinchi yig‘ilishi o‘z nihoyasiga yetdi.

“O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” uch tomonlama vazirlar yig‘ilishining yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun brifing tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov quyidagilarni bayon qildi:

- Biz xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan qayta tiklash borasidagi saʼy-harakatlarini davom ettirish, butun afg‘on xalqi manfaatlari yo‘lida BMTning markaziy muvofiqlashtiruvida inklyuziv hukumat tuzilishi muhimligi yuzasidan kelishib oldik.

Bunday nuqtai nazarni yaqindagina Toshkentda muvaffaqiyatli yakunlangan "Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish" xalqaro konferensiyasining barcha ishtirokchilari ifoda etdilar.

Biz iqtisodiyot, savdo, investitsiya, turizm va transport, shu jumladan, barcha turdagi transport va tranzit kommunikatsiyalari sohalarida hamkorlik salohiyatini hayotga tadbiq etish uchun birgalikda ish olib borish qarorida qatʼiymiz.

Delegatsiyalarimiz sanoat kooperatsiyasi, raqamli iqtisodiyot va savdo sohasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldi.

Shu maqsadda Boku–Tbilisi–Axalqalaki–Kars temir yo‘lining barcha imkoniyatlaridan, jumladan, Turkiya va Ozarbayjonning xalqaro bandargohlaridan, shuningdek, “Shimol–Janub” va “Sharq–G‘arb” xalqaro transport yo‘laklaridan faol foydalanish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, tomonlar “Termiz–Mozori Sharif–Kobul–Peshovar” strategik temir yo‘l liniyasi qurilishi bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusining muhimligini taʼkidlashgani holda “O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy” temir yo‘li qurilishi loyihasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar