Jayxun Bayramov:"O‘zbekistonning bu uchrashuvni o‘tkazish tashabbusini yuqori baholaymiz"

“O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining uch tomonlama birinchi yig‘ilishida so‘zga chiqqan Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov ushbu platformaning ahamiyati haqidagi o‘z firklarini bildirdi.

1862713

– Biz O‘zbekiston hukumatining bu uchrashuvni o‘tkazish tashabbusini yuqori baholaymiz va samimiy mehmondo‘stlik uchun o‘zbek xalqiga o‘z minnatdorligimizni izhor etamiz.

Barchamizga maʼlumki, Ozarbayjon, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi uch tomonlama munosabatlar mushtarak tarix, madaniyat va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik aloqalari asosiga qurilgan.

Global xavfsizlik, barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotga tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda ushbu yangi uch tomonlama platforma mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatlarimizning tinchlik, xavfsizlik va farovonlik sohasidagi umumiy manfaatlari yo‘lidagi saʼy-harakatlartning amaldagi ifodasidir...

Tashqi ishlar, savdo va transport uchun masʼul vazirlar ishtirokidagi ushbu noyob hamkorlik formati ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashi bilan birga tarmoqlararo o‘zaro hamkorlik, iqtisodiy va savdo aloqalari hamda transchegara tadbirkorligi faolligini oshirishga ham xizmat qiladi, deb umid bildiramiz.

Aloqador xabarlar