Toshkentda “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” uch tomonlama uchrashuvi o‘z ishini boshladi

Tadbir kun tartibidan O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasida mintaqaviy va xalqaro siyosat, savdo, iqtisodiyot, investitsiya va transport sohalarida strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari joy olgan.

1862472
Toshkentda “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” uch tomonlama uchrashuvi o‘z ishini boshladi

 

Toshkentda uch mamlakatning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalariga masʼul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari ishtirokidagi “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” uch tomonlama birinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Tadbirni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov ochdi.

Yig‘ilishni ochar ekan, Vladimir Norov quyidagilarni qayd etdi:

- Bugungi uchrashuv bizlarning o‘zaro munosabatlarimizdagi juda muhim voqealar –Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘anning 2022 yil martida O‘zbekistonga buyurgan rasmiy tashrifi hamda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning joriy yil iyun oyidagi davlat tashrifidan so‘ng ro‘y bermoqda.

Xalqaro munosabatlarda hamda global iqtisodiyotda kechayotgan jadal va noodatiy jarayonlar hisobga olinganda “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” muloqot formatini tuzish har qachongidan dolzarb bo‘lib turgani ayon bo‘ladi".

Tadbir kun tartibidan O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasida mintaqaviy va xalqaro siyosat, savdo, iqtisodiyot, investitsiya va transport sohalarida strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari joy olgan.

Uchrashuv davomida ushbu sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi takliflarning ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Tadbir yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar