Bundan buyon eronliklar Qozog‘istonda 14 kun vizasiz sayohat qilishlari mumkin

Prezident Ibrohim Raisiy bilan amaliy tashrif dasturi doirasida poytaxt Tehronga borgan Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Sadabod saroyida uchrashdi.

1845695
Bundan buyon eronliklar Qozog‘istonda 14 kun vizasiz sayohat qilishlari mumkin

Eron va Qozog‘iston turli sohalarda 9 ta anglashuv memorandumini imzoladi.

Eronning IRNA rasmiy agentligi xabariga ko‘ra, Prezident Ibrohim Raisiy bilan amaliy tashrif dasturi doirasida poytaxt Tehronga borgan Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Sadabod saroyida uchrashdi.

Raisiy bilan Toqayevning mintaqaviy masalalar va ikki davlat munosabatlarini muhokama qilgan o‘zaro uchrashuvi ortidan imzolash marosimi boshladi.

Ikki davlat vazirlari tranzit tashishni rivojlantirish, energetika, madaniy qishloq xoʻjaligi, savdo-iqtisodiy almashinuv va boshqa sohalarni oʻz ichiga olgan 9 ta anglashuv memorandumini imzoladilar.

Ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida Prezident Raisiy, Eron va Qozogʻiston oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun zamin tayyorlay oladigan bir necha imkon borligi, kelishuvlarning imzolanishi esa ikki davlat munosabatlarini mustahkamlash irodasining muhim belgisi ekanini ta’kidladi.

Ikki davlatning rivojlanish uchun yana-da koʻproq gʻayrat sarf etishi kerakligini ifoda etgan Raisiy oʻz soʻzida quyidagi ifodalarga oʻrin berdi:

“Oʻzaro munosabatlardan tashqari ikki davlat oʻrtasidagi mintaqaviy aloqalarni kengaytirish haqida qaror qabul qildik. Ikki davlat oʻrtasida Shanxay hamkorlik tashkiloti va Yevroosiyo ittifoqi kabi mintaqaviy tashkilotlardagi hamkorlik mintaqada kuchayishi mumkin”.

Qozogʻiston Prezidenti Toqayev ham diplomatik sohadagi munosabatlarning rivojlangani shuningdek, Raisiy davrida Tehron va Olmaota oʻrtasidagi hamkorlik va doʻstlik yana-da mustahkam tus olganini taʼkidladi.

Mazkur yigʻilishda keng koʻlamli muzokaralar olib borganliklari va koʻplab masalani baholaganliklarini ifoda etgan Toqayev, eronliklarning Qozog'istonda 14 kun vizasiz sayohat qilishlari mumkinligini ma’lum qildi.

 

 



Aloqador xabarlar