Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Eronga tashrif buyurdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tashrif doirasida Eronning diniy yetakchisi Ali Hamaney va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi.

1845605
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Eronga tashrif buyurdi

 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev davlat tashrifi bilan Eronga keldi.

To‘qayev tashrif doirasida Eronning diniy yetakchisi Ali Hamaney bilan uchrashdi.

Eron rasmiy agentligi IRNA xabariga ko‘ra, poytaxt Tehronda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Hamaney va To‘qayev ikki davlat munosabatlari va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan. Uchrashuvda mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiy ham ishtirok etgan.

Eron va Qozog'iston o'rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalarga e'tibor qaratgan Hamaney ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikni turli sohalarda, ayniqsa mintaqaviy miqyosda yanada rivojlantirish kerakligini ta'kidlagan.

U shuningdek, siyosiy va iqtisodiy masalalarda munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun o’zaro hamjihatlikka chaqirib, qo‘shma komissiyani safarbar qilish zarurligini ta’kidlagan.

Rossiya - Ukraina urushiga toʻxtalgan Hamaney, bu boradagi asosiy muammo gʻarbliklarning NATOni kengaytirish va imkoni boricha oʻz taʼsirini kuchaytirishga harakat qilayotganidan iborat ekanligini aytdi.

Qozog‘iston prezidenti To‘qayev Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan ham juda samarali muzokaralar olib borganini va tomonlar imzolagan hujjatlar Eron va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga zamin yaratishi mumkinligini aytdi.

Eron va Qozog‘iston o‘rtasidagi tarixiy va madaniy o‘xshashliklarga to‘xtalib o‘tgan To’qayev Hamaneyning islom faylasufi Farobiy bo‘yicha ilmiy qo‘mita tashkil etish taklifini olqishladi.

To’qayev mintaqaviy masalalarga ham toʻxtalib, yanvar oyida amalga oshirilgan davlat toʻntarishiga urinishdan keyingi vaziyat haqida Raisiyga maʼlumot berdi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Eronga tashrifi doirasida ikki mamlakat o’rtasida turli sohalarda 9 ta anglashuv memorandumi imzolandi.

 



Aloqador xabarlar