Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning 21−22 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelishi kutilmoqda.

1845055
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga tashrif buyuradi

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning 21−22 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelishi kutilmoqda.

Prezident tashrifi arafasida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Ozarbayjon davlat turizm agentligi hamkorligida bir guruh o‘zbekistonlik jurnalistlar uchun Ozarbayjonning madaniyati, tarixiy va madaniy obyektlari, qolaversa, urf-odati, an’analari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida mazkur davlatga sayohat tashkillashtirildi.

Ushbu infotur doirasida jurnalistlar Diaspora bilan ishlash bo‘yicha davlat qo‘mitasida ham bo‘lishdi. Qo‘mita rahbari o‘rinbosari Faik Guliyev suhbat chog‘ida Ozarbayjon rahbarining tashrifiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, tashrif doirasida esa o‘zaro munosabatlarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 14−15 oktabr kunlari prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti (o‘sha vaqtda Turkiy kengash)ning navbatdagi sammitida qatnashish uchun Bokuga borgandi. O‘shanda prezident Ilhom Aliyev bilan uchrashib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilgandi.

2021 yilning aprelida Shavkat Mirziyoyev Tog‘li Qorabog‘ hududining Ozarbayjonga qaytarilganligini "tarixiy adolatni tiklash yo‘lidagi g‘alaba" deya  ta'riflangandi. O‘zbekiston hududdagi ko‘hna obidalar va madaniyat maskanlarini tiklash ishlariga ko‘mak berishga tayyorligi bildirilgandi.

2021 yilda O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da maktab qurib berishni rejalashtirayotgani aytilgandi. Hududdagi tiklanishi lozim bo‘lgan obyektlar ro‘yxati belgilanmoqda, ularni rekonstruksiya qilishga o‘zbekistonlik quruvchilar jalb qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Ozarbayjon , #Ilhom Aliyev

Aloqador xabarlar