O‘zbekiston bilan Xakasiya savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirmoqchi

O‘zbekiston bilan Xakasiyaning savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

1845049
O‘zbekiston bilan Xakasiya savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirmoqchi

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan 16-iyun kuni Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Madirimov va Xakasiya Savdo-sanoat palatasi kengashi prezidenti Vladimir Sorokin uchrashuvi tashkil etildi. Bu haqida, “Dunyo” AA muxbiri ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra tadbirda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, hududlararo tovar aylanmasi miqdorini yana-da oshirish masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashilgan.

Vladimir Sorokin mazkur uchrashuvning, hududlararo savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish ahamiyatiga ega bo‘lishiga ishonch bildirgan. Shuningdek, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko‘pligi va ularni ishga solishdan manfaatdor ekanini qayd etgan.



Aloqador xabarlar