Suriya bo‘yicha navbatdagi Ostona muzokarasi o‘z ishini boshladi

Suriya bo‘yicha navbatdagi Ostona muzokarasi bugun poytaxt Nur-Sultında o‘z ishini boshladi.

1843598
Suriya bo‘yicha navbatdagi Ostona muzokarasi o‘z ishini boshladi

Bugun Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda Suriya bo‘yicha navbatdagi Ostona muzokarasi o‘z ishini boshlaydi. Unda suriyalik muhojirlarning o‘z yurtiga qaytishlari uchun kerakli sharoit yaratish masalasi muhokama qilinadi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, 15-16 iyun kunlari poytaxt Nur-Sultonda bo‘lib o‘tadigan Suriya bo‘yicha navbatdagi Ostona muzokaralari uchun tayyorgarliklar tamomlangan.

Kafil mamlakatlar shu jumladan Turkiya, Rossiya va Eron hay’atlari bugun Suriya rejimi va harbiy muxolifat bilan uchrashadi.

Muzokarada Turkiya nomidan Tashqi ishlar vazirligining Suriya masalasi bo‘yicha vakili –elchi Selchuk Unal boshchiligidagi hay’at ishtirok etadi.

Rossiyadan Davlat rahbari Vladimir Putinning Suriya masalalari boʻyicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev va Eron nomidan Tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar boʻyicha maslahatchisi Ali Asgar Hoji boshchiligidagi hay’at qatnashadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Suriya bo‘yicha maxsus vakili Geir O. Pedersenga esa siyosiy masalalardan mas’ul xodimi Robert Dann vakillik qilar ekan, kuzatuvchi maqomdagi Iordaniya, Iroq va Livan nomidan bu gal faqatgina Iordaniya hay’atining tashrif buyurishi ma'lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, muzokarada BMTning Muhojirlar bo‘yicha Oliy komissarligi va Xalqaro Qizil xoch vakillari ham ishtirok etadi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar suriyalik muhojirlarning o‘z yurtiga qaytishi uchun sharoit yaratish masalalari bosh bo‘lish bilan birga Suriyadagi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, Jenevada Konstitutsiyaviy qo‘mita faoliyatlari, ishonchni mustahkamlovchi choralar, garovga olinganlarni ozod qilish va bedarak yo‘qolgan kishilarning qidirilishi kabi masalalar muhokama qilinadi.

Bugun ertalab o‘zaro va uch tomonli texnik yig‘ilishlar bilan boshlagan Suriya masalasidagi Ostona muzokaralarining o‘z sakkizinchi, ertaga 16-iyun kungi asosiy yig‘ilish bilan yakun topadi. 

Suriyadagi inqirozni hal qilish maqsadida uyushtirilgan Ostona muzokaralari, 2017-yilning yanvar oyidan beri Qozog‘iston poytaxtida o‘tkazilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Nur-Sulton , #Ostona muzokarasi , #Suriya

Aloqador xabarlar