Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yana taranglik qayd etildi

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida joylashgan Buloq-Boshi hududida yana taranglik qayd etildi.

1843513
Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yana taranglik qayd etildi

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarachilari o‘rtasida yana taranglik qayd etildi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining Chegara xizmati tomonidan berilgan bayonotda, Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida joylashgan Buloq-Boshi hududidagi taranglik ortidan vaziyatning yaxshi emasligi ta’kidlandi.

Bayonotda qirg‘iz askarlari orasida halok bo‘lgan yoki tan jarohati olganlar haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.

Shuningdek bayonotda, voqeadan keyin chegara qo‘mondonlari o‘rtasida yig‘ilish uyushtirilgani qayd etildi.

Ta’kidlanishicha tomonlar chegara qo‘shinlarining harakat yo‘nalishlarini aniqlashtirish, qazilgan xandaqlarni to‘ldirish, dehqonlarning ishiga xalaqit bermaslik, hududdan qo‘shimcha kuchlarni olib chiqish va Buloq-Boshi hududidagi chegara postlari qo‘mondonlarining kundalik yig‘ilishlarini majburiy holga keltirish masalasida kelishib olgan.

Ikki davlat chegara qo‘shinlari qo‘mondonlarining tez orada yana bir uchrashuv o‘tkazishi ham bildirildi.

Chegara masalasidagi bahslar tufayli mintaqada tez-tez nizolar va tarangliklar yuzaga kelmoqda.



Aloqador xabarlar