Qozog‘istonda o'tkazilgan referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi

Ma'lumotga ko'ra, qozogʼistonliklarning 79,4 foizi Konstitutsiyaga oʼzgartirishlar kiritishni yoqlab ovoz berdi. Referendumda saylovchilarning 66,3 foizi ishtirok etdi. 79,4% yoqlab, 20,6% qarshi ovoz berdi.

1838055
Qozog‘istonda o'tkazilgan referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi

 

Kecha, Qozog‘istonning barcha viloyatlarida konstitutsiyaga tuzatish va to‘ldirish kiritish bo‘yicha referendum uchun ovoz berish bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘iston markaziy referendum komissiya raisi Nurlan Abdirov referendumning dastlabki natijalarini e’lon qildi. 

Uning ta'kidlashicha, qozogʼistonliklarning 79,4 foizi Konstitutsiyaga oʼzgartirishlar kiritishni yoqlab ovoz berdi. Referendumda saylovchilarning 66,3 foizi ishtirok etdi. 79,4% yoqlab, 20,6% qarshi ovoz berdi.

Аvval xabar qilinganidek, referendum chogʼida mamlakat fuqarolari Konstitutsiyaning 33 ta moddasiga 56 ta oʼzgartish va qoʼshimcha kiritish masalasi boʼyicha ovoz berdi.

Kecha, 5 iyun kuni Nur-Sultan vaqti bilan soat 21.00da mamlakatning barcha hududlaridagi referendum boʼyicha uchastkalarida ovoz berish yakunlandi.

Qozogʼiston Markaziy referendum komissiyasi kotibi Muxtar Yermanov Konstitutsiyaga oʼzgartirishlar kiritish boʼyicha respublika referendumida 8 million 30 ming 739 kishi saylov byulletenlarini olganini maʼlum qildi. Bundan roppa-rosa bir oy avval Qozogʼiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev 5 iyun kuni umumxalq referendumini oʼtkazish toʼgʼrisidagi Farmonni imzolagan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #referendum , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar