Yevrokengash rahbari Aliyev va Pashinyan uchrashuviga munosabat bildirdi

Yevropa Ittifoqi Kengashi rahbari Charlz Mishel Belgiya poytaxti Bryusselda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashganidan keyin bayonot berdi.

1831399
Yevrokengash rahbari Aliyev va Pashinyan uchrashuviga munosabat bildirdi

 

Yevropa Ittifoqi Kengashi raisi Charlz Mishel Ozarbayjon va Armaniston chegara komissiyalarining qo’shma yig’ilish o’tkazishini ma’lum qildi.

Charles Mishel Belgiya poytaxti Bryusselda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashganidan keyin bayonot berdi.

Uchinchi marta mushtarak yig'ilish o'tkazilganligini ifoda etgan Mishel, Janubiy Kavkazdagi vaziyat, hududni minalardan tozalash, mahbuslarni ozod qilish, bedarak yo'qollarning taqdirini belgilash muhokama qilinganini aytdi.

Mishel chegara masalalariga to‘xtalar ekan, ikki davlat chegara komissiyalari yaqin kunlarda ikki davlat chegarasi bo‘yicha birinchi qo‘shma yig‘ilish o‘tkazishini, chegaralarni aniqlash va mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirish masalalari muhokama qilinishini bildirdi. Bu uchrashuvda chegara hududi muhokama qilinadi.

Aliyev va Pashinyan ikki davlat oʻrtasida transport yoʻlidagi toʻsiqlarni olib tashlash zarurligi borasida hamfikr ekanligini bildirgan Mishel, ikki yetakchining Ozarbayjon va Naxchivan oʻrtasidagi hamda Armanistonning turli hududlari oʻrtasida Ozarbayjon orqali oʻtishni belgilab beradigan xalqaro transport va aloqa infratuzilmasi tamoyillari ustida kelishilganini qayd etdi. 

Mishel ikki davlat rahbarlari kelishib olgan tamoyillar orasida xalqaro tashishlarda chegara boshqaruvi, xavfsizlik, yoʻl haqi va bojxona masalalari borligini va bu masalalar yaqin kunlarda ikki davlat bosh vazir oʻrinbosarlari tomonidan muhokama qilinishini bildirdi.

Charlz Mishel Aliyev va Pashinyan ikki davlat munosabatlarini belgilab beradigan tinchlik kelishuvi muzokaralarini ilgari surishga ham kelishib olganini aytdi.

Bu masala ikki davlat tashqi ishlar vazirlari boshchiligidagi delegatsiyalar tomonidan kelgusi haftalarda ko'rib chiqilishini tilga olgan Mishel, Yevropa Ittifoqi ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish bo'yicha har ikki tomon bilan hamkorlik qilishini aytdi.

Mishelning xabar berishicha, ular Aliyev va Pashinyan bilan iyul yoki avgustda yana uchrashishga kelishib olgan.

 

 



Aloqador xabarlar