Qozog‘istonda Ostona muzokaralarining navbatdagi raundi bo'lib o'tadi

Qozog'iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Aybek Smadiyarov ma'lum qilishicha, 14-16 iyun kunlari Qozog‘iston poytaxti Nur Sulton shahrida Suriya bo‘yicha 18-Ostona muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

1831541
Qozog‘istonda Ostona muzokaralarining navbatdagi raundi bo'lib o'tadi

 

Shu yilning 14-16 iyun kunlari Qozog‘iston poytaxti Nur Sulton shahrida Suriya bo‘yicha 18-Ostona muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Qozog'iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Aybek Smadiyarov ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, Turkiya, Rossiya va Eron kafolati ostida Suriya muammosini hal qilish uchun tashkil etilgan Ostona muzokaralarining navbatdagi raundi kelasi oy Qozog'istonda o'tkaziladi.

Smadiyarov 14-16 iyun kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan muzokaralar poytaxt Nur Sultonda boʻlib oʻtishini va hozirda Ostona muzokaralari kafillari va mamlakatlarning ishtirokini tasdiqlash jarayoni boshlanganini maʼlum qildi. 

Oxirgi marta 2021-yil 21-22-dekabr kunlari boʻlib oʻtgan Suriya boʻyicha 17-Ostona muzokaralarida Suriyadagi mavjud vaziyat, insonparvarlik yordami yetkazilishi, Suriya Konstitutsiyaviy qoʻmitasining Jenevada ishini qayta boshlashi, asirlar almashinuvi, garovga olinganlarni ozod qilish va bedarak yo‘qolganlarni qidirish va hokazolar kun tartibidagi asosiy mavzular bo'lgandi.



Aloqador xabarlar