Turkiya- O‘zbekiston o‘rtasida uzumchilik bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Kecha, joriy yilning 18-mayi kuni Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida uzumchilik bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Turkiya Respublikasi bilan uzumchilik bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi o‘zining ijtimoiy tarmoq hisobida ma’lumot bo‘lishdi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra 18-may kuni O‘zbekiston hay’ati Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi Izmir viloyati mudirligida muzokaralar o‘tkazgan.
Izmir viloyati Turkiyaning to‘rtinchi eng yirik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, 2.8 milliard AQSh dollari miqdoridagi eksport ko‘rsatkichi bilan mamlakatda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Roppa-rosa 380 mingga yaqin qishloq xo‘jaligi maydoniga ega ushbu hududda 20 ga yaqin uzum turlari yetishtiriladi.
Aloqador xabarlar

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq maslahati raisini tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev bilan Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi.