Turkiya va Qozogʼiston oʼrtasida harbiy hamkorlik toʼgʼrisida bitim imzolandi

Qozogʼiston Mudofaa vaziri Ruslan Jaqsiliqov Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Аkar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida ikki davlat oʼrtasidagi harbiy hamkorlikni tartibga soluvchi qator hujjatlar imzolangan.

1825872
Turkiya va Qozogʼiston oʼrtasida harbiy hamkorlik toʼgʼrisida bitim imzolandi

 

Qozogʼiston va Turkiya oʼrtasida harbiy hamkorlik toʼgʼrisidagi bitim imzolandi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat Qozogʼiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo'mart To'qaevning Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida imzolandi.

Vazirlik maʼlumotlariga koʼra, Qozogʼiston Mudofaa vaziri Ruslan Jaqsiliqov Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Аkar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida ikki davlat oʼrtasidagi harbiy hamkorlikni tartibga soluvchi qator hujjatlar imzolangan.

“General-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov Turkiya Qurolli kuchlarining Maxsus operatsiyalar markaziga ham tashrif buyurdi. Bundan tashqari, Qozogʼiston Mudofaa vaziri Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu bilan uchrashdi”, — deyiladi Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonotida.

Eslatib oʼtamiz, 10-may kuni Qozogʼiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo'mart To'qaev davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi.

Qosim-Jo'mart To'qaev Аnqaraga davlat tashrifi doirasida mamlakat Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’gʼan bilan muzokaralar oʼtkazdi.

Tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 14 ta muhim hujjat imzolandi.

Qosim-Jo'mart To'qaev va Rajap Tayyip Erdo’gʼan ikki davlat oʼrtasidagi munosabatlarni “kengaytirilgan strategik sheriklik” darajasiga koʼtarishga qaror qildi. Qozogʼiston va Turkiya Prezidentlari kengaytirilgan strategik sheriklik toʼgʼrisida qoʼshma bayonot berdi.

Kun yakunida Qosim-Jo'mart To'qaev va Rajap Tayyip Erdo’gʼan OАV vakillari uchun brifing oʼtkazdi.


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Qozog'iston , #Turkiya

Aloqador xabarlar