Mirziyoyev bilan Toqayev O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorligini ko‘rib chiqdi

Shavkat Mirziyoyev bugun Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

1824240
Mirziyoyev bilan Toqayev O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorligini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra suhbat avvalida davlat rahbarlari bir-birini, O‘zbekiton bilan Qozog‘istonning birodar xalqlari va faxriylarini Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni bilan samimiy muborakbod etib, sihat-salomatlik, baxt-saodat va farovonlik,  tinchlik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zaro savdo va investitsiyalar ko‘rsatkichlari izchil oshib borayotgani, parlamentlar, hukumatlar va hududlar o‘rtasidagi aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, infratuzilma va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.



Aloqador xabarlar