O‘zbekiston-Turkiya Konstitutsiyaviy sudlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Kecha, 26-aprel 2022-yil O‘zbekiston-Turkiya Konstitutsiyaviy sudlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

1818731
O‘zbekiston-Turkiya Konstitutsiyaviy sudlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaga tashrif uyushtirdi. Bu haqida O‘zbekistonning Turkiyadaki elchixonasi ijtimoiy tarmoq hisobi orqali ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov tashrifi doirasida Turkiya Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi (Anayasa Mahkemesi) tashkil topganining 60 yilligi tadbirlarida ishtirok etgan. Unda, O‘zbekiston-Turkiya Konstitutsiyaviy sudlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.



Aloqador xabarlar