Sadir Japarov bugun Ozarbayjonga amaliy tashrif uyushtiradi

Sadir Japarov amaliy tashrif bilan 19-20 aprel kunlari Ozarbayjonda bo‘ladi.

1813975
Sadir Japarov bugun Ozarbayjonga amaliy tashrif uyushtiradi

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 19-20 aprel kunlari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Bokuga amaliy tashrif uyushtiradi. Bu haqida Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tashqi siyosat boʻlimi rahbari Jeenbek Kulubayev ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra tashrif chog‘ida Sadir Japarov Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi. Davlat rahbarlari ikki va ko‘p tomonli hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek, samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar.

Tashrif doirasida Ozarbayjonning Milliy majlisi raisi Sagiba Gafarova bilan ham ikki tomonli uchrashuv uyushtirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, ozarbayjonlik ishbilarmon doiralari vakillari bilan ham uchrashuv rejalashtirilgan bo‘lib, unda Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari hamda savdo va sarmoyaviy sohalarga oid ma’lumotlar taqdim etiladi.

Tashrif Qirg‘iziston bilan Ozarbayjon o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilishining 30-yilligi, shuningdek, mamlakatlararo do‘stlik va hamkorlik shartnomasi imzolanishining 25- yilligi arafasida bo‘lib o‘tadi.

Bir qator hujjatlarga, jumladan, strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya, Davlatlararo kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi memorandum, davlatlar manfaatlarini ko‘zlagan hukumatlararo va idoralararo bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Jeenbek Kulubayev, ushbu tashrif ikki davlat uchun yangi imkoniyatlar yaratishiga ishonchi komil ekanini qayd etdi.



Aloqador xabarlar