Oʻzbekistonda erkaklar soni ayollarga qaraganda koʻp ekani qayd etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika qoʻmitasi, mamlakat aholisi soni haqida ma'lumot boʻlishdi.

1812572
Oʻzbekistonda erkaklar soni ayollarga qaraganda koʻp ekani qayd etildi

Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2022-yilning 1-aprel holatiga koʻra 35 million 433 ming 772 kishini tashkil etadi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika qoʻmitasi Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga koʻra 35 million 433 ming 772 nafar deb qayd etilgan aholi sonining 17 million 607 ming 934 nafari ayollardan, 17 million 825 ming 838 nafari erkaklardan iborat.

Bu yilning 1- aprel holatiga koʻra doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 217 ming 904 nafarga koʻp. Bundan 31 yil muqaddam yani Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini e’lon qilgan 1991- yilda mamlakatning doimiy yashovchi aholisining 50,6 foizini ayollar tashkil etardi. Bu koʻrsatkich, 2022- yilning 1-aprel holatida 49,7 foiz deb qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Oʻzbekiston , #aholi soni , #doimiy aholi

Aloqador xabarlar