Berdimuhamedov TDT Oqsoqollar kengashiga a’zo bo‘ldi
Gurbanguli Berdimuhamedov Turk Davlatlari tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashiga a’zo bo‘ldi.
Turkmanistonning sobiq prezidenti va Turkmaniston Milliy kengashining xalq ishlari bo‘limi rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmaniston oqsoqoli sifatida Turk Davlatlari tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashiga a’zo bo‘ldi. Bu haqida Turk Davlatlari tashkiloti, ijtimoiy tarmoq orqali ma’lumot bo‘lishdi.
Ushbu ma’lumotda Turk Davlatlari tashkiloti kotibiyati, Gurbanguli Berdimuhamedov a’zoligidan faxrlanar ekan Janobi Oliylarining donoligi, tajribasi va bilimi yordamida kengash salohiyatini yanada boyitib, tashkilot faoliyatini oshirishda muhim rol o‘ynashiga ishonchi komil ekanini qayd etdi.
Shuningdek unda:
Berdimuhamedovning Turk Davlatlari tashkilotining doimiy maslahat organi – Oqsoqollar kengashi tarkibida o‘rin olishi, Turkmanistonning Turk dunyosida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga qo‘shayotgan hissasiga yangi sur’at bag‘ishlashi ta’kidlandi.