TURKSOYning yangi Bosh kotibi o‘z vazifasiga kirishdi

Kecha poytaxt Anqarada TURKSOY Bosh kotibi lavozimini topshirish marosimi uyushtirildi.

1811644
TURKSOYning yangi Bosh kotibi o‘z vazifasiga kirishdi
TÜRKSOY Genel Sekreteri Sultan Raev.jpg
TÜRKSOY- Mevlüt Çavuşoğlu.jpg
TÜRKSOY-Mehmet Nuri Ersoy.jpg
TÜRKSOY Rayev.jpg

Kecha poytaxt Anqarada Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) Bosh kotibi lavozimini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu bilan Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ham ishtirok etdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, “Sultan Rayevning jurnalist, byurokrat, vazir va xalqaro xodim sifatidagi tajribasi bilan TURKSOYga muhim hissa qoʻshishiga ishonamiz” dedi.

Bosh kotiblik vazifasini 2008-yildan beri muvaffaqiyatli ravishda bajarib kelayotgan Dusen Qaseinovning, Turk dunyosiga boʻlgan xizmatlari tugamasligini ifoda etgan Chavushoʻgʻlu, Qaseinovning tajribalari bilan Turk dunyosiga xizmat qilishni davom etishiga shubhasi yoʻqligini qayd etdi.

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ham Xalqaro Turk madaniyat tashkiloti (TURKSOY) orqali yaratilgan birlik va hamjihatlikning muhim ekanini ta’kidladi.

Oxirgi davrlarda tashlangan qadamlar va 14 yillik faoliyati jarayonida qilgan xizmatlari ortidan oʻz vazifasini topshirgan Dusen Qaseinovga minnatdorchilik bildirgan Ersoy, “Bu tashkilot orqali yaratgan sinergiya, birlik va hamjihatlik judayam muhimdir. Kelajakda madaniy faoliyatlarimiz yana-da buyuk sinergiyaga, yana-da yirik faoliyatlar tomon bizga ilhom baxsh etadi. Eng muhimi kelajak avlodlarga, xalqlarimizga, Turk madaniyatini uzluksiz yetkazishdir. Bular biz uchun bebahodir”.-deya gapirdi.

Ersoy, yangi Bosh kotibning juda muhim vazifalari borligini va ular Sultan Rayevning bayroqni bundan ham yuqoriga olib chiqishiga ishonchi komil ekanini qayd etdi.

Marosimida Qaseinov, TURKSOY Bosh kotibi lavozimini Sultan Rayevga topshirdi.

Eslatib o‘tamiz:

Bugungacha Qirg‘iz Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Turk Davlatlari tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan Sultan Rayev, TURKSOY Doimiy kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror bilan yangi davr uchun TURKSOY Bosh kotibi etib saylangandi.

 

 



Aloqador xabarlar