Prezident Erdoʻgʻan Oʻzbekistonga boʻlgan tashrifini tamomladi

Türkiye Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 29-30-mart kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirdi.

1804619
Prezident Erdoʻgʻan Oʻzbekistonga boʻlgan tashrifini tamomladi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Oʻzbekistonga boʻlgan tashrifini tamomladi.

Prezident Erdo‘g‘anni Urganch xalqaro aeroportidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva shuningdek boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.

Prezident Erdoʻgʻan tunov kuni Oʻzbekiston poytaxti Toshkentdagi rasmiy uchrashuvlaridan soʻng kecha tashrifining ikkinchi kunida havo yoʻli orqali Urganchga oʻtgandi.

U yedan quruqlik yoʻli orqali turk-islom tarixining eng muhim markazlaridan biri boʻlgan Xivaga qarab yoʻl olgan Erdoʻgʻanga rafiqasi Emine Erdo‘g‘an, Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

Ikki lider va hamrohligidagi hay’at “Ichan qal’a” maydoniga borar ekan u yerda, turk urf-odatlari bilan kutib olindi.

Erdo‘g‘an bilan Mirziyoyev, “Ichan qal’a” maydonida, mintaqadagi tarixiy joylarni aylanib chiqdi.

Bu yerda katta qiziqish bilan kutib olingan Erdo‘g‘on, keyinroq O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev tomonidan shaxsi hurmatiga berilgan ziyofatda ishtirok etdi.



Aloqador xabarlar