Emine Erdoʻgʻan Toshkentdagi Davlat amaliy san’at muzeyi bilan tanishdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga O‘zbekistonda bo‘lgan tashrifi chog‘ida rafiqasi Emine Erdo‘g‘an hamrohlik qilmoqda.

1804145
Emine Erdoʻgʻan Toshkentdagi Davlat amaliy san’at muzeyi bilan tanishdi
Emine Erdoğan ÖZB sumalak.jpg

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan hozirda O‘zbekistonda bo‘lgan Türkiye Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga hamrohlik qilayotgan rafiqasi Emine Erdo‘g‘an, Mirziyoyevning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan Toshkentdagi Davlat amaliy san’at muzeyiga tashrif buyurdi.

Emine Erdoʻgʻan va Mirziyoyeva muzeyda oʻzbekona milliy liboslar kiygan bolalar tomonidan gullar bilan kutib olindi.

Xonimlar avval muzey bilan tanishib, xovlida pishirilayotgan sumalak bazmida ishtirok etdilar. Ortidan esa birgalikda doʻstlik daraxti oʻtqazdi.



Aloqador xabarlar