Binali Yildirim O'zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashdi

Muloqot chog‘ida O'zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi.

1801243
Binali Yildirim O'zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashdi

 

O'zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva kecha mamlakatga tashrif buyurgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashining raisi Binali Yildirim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, Senat raisi mehmonlarni qutlar ekan, TDT va Turkiyadan nufuzli delegatsiyaning mazkur tadbirda ishtirok etishi O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali munosabatlarni yana-da izchil rivojlantirishga va hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Muloqot chog‘ida O'zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi.

Binali Yildirim O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida mamlakatda so‘nggi olti yil mobaynida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning natijalarini  ko‘rishdan baxtiyor ekanligini izhor etdi.

Ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyevning konstruktiv siyosat yuritishi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni yana-da rivojlantirishning asosi ekanini taʼkidladi.

Uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, shu jumladan, savdo va transport sohalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Suhbat chog‘ida Turkiy davlatlar tashkiloti oldida turgan vazifalarini amalga oshirishda parlament aʼzolarining rolini kuchaytirish muhimligiga ham eʼtibor qaratildi.


Tanlangan kalimalar: #TDT , #O'zbekiston , #Binali Yildirim

Aloqador xabarlar