Turkiya elchisi SamDU rektori Rustam Xolmurodov bilan uchrashdi

Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda muxtor elchisi Olgan Bekar boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi.

1796846
Turkiya elchisi SamDU rektori Rustam Xolmurodov bilan uchrashdi

 

Samarqand davlat universiteti 2016 yildan boshlab Turkiyaning ko‘plab oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, Istanbul, Anqara kabi nufuzli universitetlari bilan maqsadli hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Shuningdek, 2021 yilning noyabr oyida Samarqand davlat universiteti jamoasining Turkiya Anqara universitetiga amalga oshirgan xizmat safarlari, joriy yilning yanvar oyida Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqandga tashrifi ikki mamlakat oliy ta’limi do‘stona munosabatlarining isbotidir.

Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Turkiya elchisi Olgan Bekar boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Oliy ta’lim sohasida tajribalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

– Samarqand davlat universiteti O‘zbekistonning eng qadimiy oliy ta’lim dargohlaridan biridir. Bu ta’lim maskani bilan Turkiya oliy ta’limining hamkorlik aloqalari juda qadim tarixga borib taqaladi. Biz ushbu ta’lim muassasasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish niyatidamiz. Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov bilan universitetda Turkiya madaniyat markazini ochish yuzasidan kelishuvga erishdik, – deydi Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda muxtor elchisi Olgan Bekar.



Aloqador xabarlar