Antaliyada Ozarbayjon-Armaniston chegarasini belgilab olish jarayoni qo‘lga olindi

Sergey Lavrov Antaliya Diplomatiya forumi-2022 doirasida Jayxun Bayramov va Geir Pedersen bilan uchrashdi.

1793902
Antaliyada Ozarbayjon-Armaniston chegarasini belgilab olish jarayoni qo‘lga olindi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Antaliyada Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan uchrashdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra, Antaliya Diplomatiya forumi-2022 doirasida kecha uchrashgan Lavrov bilan Bayramov, unda Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi chegarani belgilab olish jarayonining boshlatilishi, mintaqada iqtisodiy va transport aloqalarining tashkil etilishi shuningdek, gumanitar yordam haqidagi masalalar qo‘lga olingan.

Uchrashuvda Janubiy Kavkazga doir 3+3 (Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya bilan Turkiya, Rossiya, Eron) hamkorlik platformasining ikkinchi yig‘ilishini eng qisqa vaqtda o‘tkazish ustidan kelishib olingan.

Lavrov Antaliyada Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Suriya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Geir Pedersen bilan ham uchrashdi.

Suriyadagi siyosiy jarayon va Suriya Konstitutsiyaviy qo‘mitasi faoliyati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan ushbu uchrashuvda, suriyaliklarga gumanitar yordam yetkazib berish va shunga o‘xshash masalalar haqida fikr almashilgan.



Aloqador xabarlar