Toqayev Putin va Zelenskiy bilan alohida-alohida gaplashdi

Qasim-Jomart Toqayev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan alohida-alohida telefon orqali muloqat qildi.

1789207
Toqayev Putin va Zelenskiy bilan alohida-alohida gaplashdi

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan alohida-alohida telefon orqali muloqat qildi.

Toqayev, Putin bilan boʻlgan muloqati haqida bergan bayonotida:

“Men Putin bilan savdo-iqtisodiy rivojlanish haqida gaplashdim. Ukrainadagi vaziyatga kelsak, muzokaralar orqali zudlik bilan kelishuvga erishilishi kerakligini ta’kidladim”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Toqayev, Zelenskiy bilan boʻlgan muloqati haqida esa shunday dedi:

“Men Zelenskiy bilan Ukrainadagi vaziyat haqida gaplashdim. (Zelenskiy) Ukrainada koʻproq dushmanlikni toʻxtatish va bostirish uchun muzokaralar orqali kelishuvga erishish muhimligini ta’kidladi. Gumanitar sohada hamkorlik qilish ustidan kelishib oldik”,-dedi.

Toqayev, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) kecha bergan bayonotida:

“Qozogʻiston 30 yil avval BMTning toʻla huquqli aʼzosiga aylandi. Global xavfsizlik va yaxlit jamiyat qurish borasida BMT bilan samarali ravishda hamkorlik qilyapmiz. O‘sib borayotgan geosiyosiy ziddiyatlar oʻrtasida, BMTning kuchayishi va mustahkamlanishi rolini yoqlayapmiz”,-degandi.

Shuningdek Qozog‘iston, BMTning kechagi Bosh Assambleyasida o‘tkazilgan ovoz berish bosqichida, 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgan Rossiyani qoralash masalasida “betaraf qolish” mazmunida ishtirok etgandi.  

 



Aloqador xabarlar