O‘zbekiston bilan Turkiyaning iqtisodiy diplomatiya yo‘nalishidagi hamkorlik muhokama qilindi

Poytaxt Anqarada O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida iqtisodiy diplomatiya yo‘nalishidagi hamkorlikning yangi marralari muhokama qilindi.

1783307
O‘zbekiston bilan Turkiyaning iqtisodiy diplomatiya yo‘nalishidagi hamkorlik muhokama qilindi

O‘zbekistonning Anqara shahridagi elchixonasi va Turkiya Savdo vazirligi huzuridagi Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi hamkorligida “O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining 30 yilligi: Iqtisodiy diplomatiya va yangi marralar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqida «Dunyo» AA muxbiri ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotda qayd etilishicha tadbirda Turkiyaning qurilish, fuqaro aviatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, turizm, energetika sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi 20 dan ortiq kompaniyalari vakillari ishtirok etgan.

Davra suhbatida ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, O‘zbekistonning tashqi savdo va investitsiyaviy salohiyati taqdimoti o‘tkazilgan.

Shuningdek, 24-26 mart kunlari Toshkent shahrida ilk marotaba bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumi turkiyalik tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otgan.

Anjuman ishtirokchilari o‘zaro biznes missiyalar almashinuvi, O‘zbekiston tadbirkorlari hamda bank-moliya sohasi vakillari uchun Turkiyada tajriba orttirish dasturlarini tashkil qilishga kelishib olgan.

Jumladan, joriy yil aprel-may oylarida O‘zbekiston hududlarida Turkiyalik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum va “V2V” shaklidagi uchrashuvlar o‘tkazish belgilab olingan.

 



Aloqador xabarlar