Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti turizm sohasi vakillarining anjumani boshlandi

Anjumanda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston delegatsiyalari bevosita, Turkmaniston va Vengriya vakillari esa onlayn shaklda qatnashmoqda.

1775849
Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti turizm sohasi vakillarining anjumani boshlandi

 

Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti turizm sohasi vakillari ishchi guruhining 16-yig‘ilishi boshlandi.

Xalqaro tadbir ishtirokchilari o‘zbek va boshqa turkiy xalqlarning atoqli namoyandasi, shoir, mutafakkir va davlat arbobi, Sharqda “Nizomi millati va din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug‘langan Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan buyuk bobokalonimizning Samarqand shahridagi haykalini ziyorat qilib, uning poyiga gul qo‘ydi.

- Turkiy xalqlarning ulug‘ shoiri haykalini ziyorat qilish kishiga  g‘urur bag‘ishlaydi. Bugun tavallud sanasining 581 yilligi nishonlanayotgan mutafakkir bizga buyuklikdan so‘zlayotganga o‘xshaydi. Adabiyot va  madaniyat xalqlarni birlashtiradi. O‘zbek xalqi bilan birgalikda Alisher Navoiy tavalludining nishonlash marosimida qatnashganimizdan xursandmiz, - dedi Qirg‘iziston turizm departamenti direktor o‘rinbosari K.Kenzhematova.

Anjumanda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston delegatsiyalari bevosita, Turkmaniston va Vengriya vakillari esa onlayn shaklda qatnashmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiy davlatlar , #Samarqand

Aloqador xabarlar