Turkmaniston Prezidenti Berdimuhammedov Prezident Erdo‘g‘an va rafiqasiga shifo tiladi

Dunyo liderlari Covid-19 test natijasi ijobiy chiqqan Prezident Erdo‘g‘on va uning rafiqasi Emine Erdo‘g‘onga shifo tilagan mazmundagi maktublar kelishni davom etmoqda.

1774604
Turkmaniston Prezidenti Berdimuhammedov Prezident Erdo‘g‘an va rafiqasiga shifo tiladi

Dunyo liderlari tomonidan yangi turdagi koronavirus (Covid-19) test natijasi ijobiy chiqqan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘on va uning rafiqasi Emine Erdo‘g‘onga shifo tilagan mazmundagi maktublar kelishni davom etmoqda.

Shular qatorida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Prezident Erdo‘g‘an va rafiqasini tez kunlarda sog‘ayib ketishini tiladi.

Turkmaniston rasmiy gazetasida chop etilgan xabarga ko‘ra Berdimuhamedov Erdo‘g‘onga eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Berdimuhamedov Prezident Erdo‘g‘onga yo‘llagan maktubida:

“Muhtaram birodarim, siz va rafiqangizning tezroq sog‘ayib ketishini chin dildan tilayman. Kuch-quvvatingiz va ajoyib irodangiz bilan bu xastalikni eng qisqa vaqtda yengishingizga ishonaman. Olloh taolodan sizga sog‘lik-salomatlik va uzoq umr tilayman”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Isroil Prezidenti Isaak Gertsog ham Prezident Erdo‘g‘anga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib, shifo tiladi.

Isroil Prezidentligi tomonidan mavzu haqida berilgan yozma ravishdagi bayonotda, Gertsokning Erdo‘g‘anga shifo tilagani, Prezident Erdo‘g‘an esa hamkasbi Gertsokka minnatdorchilik bildirgani qayd etildi.

Bayonotda shuningdek, ikki liderning tez orada uchrashish imkoniyati ham muhokama qilingan.

Iroq Kurd Mintaqaviy Hukumati rahbari Nechirvan Barzoniy esa o‘zining Twitter sahifasi orqali Prezident Erdo‘g‘an bilan turmush o‘rtog‘i Emine Erdo‘g‘anning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Barzoniy, duolarining Prezident Erdo‘g‘an va rafiqasi bilan birga ekanini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar