To'qayev yangi qo‘mondonlik tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Hujjatda Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish maqsadida yangi qo‘mondonlik tashkil etish chora-tadbirlari belgilangan.

1767617
To'qayev yangi qo‘mondonlik tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To'qayev Qurolli Kuchlar tarkibida maxsus operativ qo‘shinlar qo‘mondonligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

19 yanvarda imzolangan hujjatda Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish maqsadida yangi qo‘mondonlik tashkil etish chora-tadbirlari belgilangan.

Shuningdek, To'qayev mamlakat Xavfsizlik kengashi kotibiga maxsus operatsiya kuchlarini yaratish bo‘yicha ishlarni tezlashtirish va milliy xavfsizlik tizimini isloh qilish yuzasidan aniq topshiriqlar bergan.



Aloqador xabarlar