TIKA O'zbekistondagi Al-Marg‘inoniy ziyoratgohini rekonstruksiya qilishga yordam beradi

O'zbekistonning Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalettin Tuneyni qabul qildi.

1766886
TIKA O'zbekistondagi Al-Marg‘inoniy ziyoratgohini rekonstruksiya qilishga yordam beradi

 

Samimiy uchrashuvda Farg‘ona viloyati va Turkiya o‘rtasida turli sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida so‘z bordi. 

Viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining xalqaro grantini ham jalb etgan holda Rishton tumanidagi Burhoniddin Ar-Roshidoniy Al-Marg‘inoniy ziyoratgohini rekonstruksiya va restavratsiya qilish loyihasi ham uchrashuvda alohida muhokama qilindi.  

Jemalettin Tuney majmua loyihasi bilan tanishar ekan, har bir bino-inshootning alohida smetasini ishlab chiqib ularga taqdim qilinsa, yakuniy hisob-kitoblardan kelib chiqib, TIKA loyihadagi qaysi ob’ektlarni moliyalashtirishini hamda tashkilotning moliyaviy ishtiroki hajmini belgilashini ma’lum qildi. Majmuaning yakuniy loyihasi yaqin kunlarda turkiyalik hamkorlarga taqdim etilishiga kelishildi. 

Rejalashtirilayotgan loyihaga ko‘ra, “Sohibi Hidoya” ziyoratgohi hududida yangi va zamonaviy bino-ishootlar qurilishi va uning negizida “Fiqh” ilmiy-amaliy markazi tashkil etish, kutubxona barpo etish, Burhoniddin Ar-Roshidoniy Al-Marg‘inoniyning hayoti va asarlariga bag‘ishlangan muzey tashkil etish, ziyorat turizmini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #TIKA

Aloqador xabarlar