Turkiyadagi “O‘zbek ayollari huquqlari assotsiatsiyasi” bilan Hamkorlik Memorandumi imzolandi

Memorandum tomonlarning davom etib kelayotgan hamkorligini yangi huquqiy bosqichga olib chiqish asnosida o‘zbek xotin-qizlari huquqlarini birgalikda himoya qilishni ko'zda tutadi.

1766879
Turkiyadagi “O‘zbek ayollari huquqlari assotsiatsiyasi” bilan Hamkorlik Memorandumi imzolandi

 

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi va Turkiyadagi o‘zbek ayollarining haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida tuzilgan “Özbek Kadın Hakları Derneği” (“O‘zbek ayollari huquqlari assotsiatsiyasi”) o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi.

 

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsuli A.Agzamxodjayev va ÖKHD rahbari Ozoda Islomova tomonidan imzolangan ushbu Memorandum tomonlarning davom etib kelayotgan hamkorligini yangi huquqiy bosqichga olib chiqish asnosida o‘zbek xotin-qizlari huquqlarini birgalikda himoya qilish, ularni kasbiy, huquqiy bilimlari va ishbilarmonlik qobiliyatlarini oshirish, turk va xorijiy tillarni o‘rgatish orqali turk jamiyatidagi mavqeini yuksaltirish maqsadi yo‘lida o‘zaro hamkorlikda harakat qilishini ko‘zda tutadi.

Bosh konsulxona va mazkur Assotsiatsiya hamkorligi 2020 yilning sentyabr oyida boshlangan bo‘lib, shu paytga qadar 30 nafardan ortiq xotin-qizlarga manzilli yordam ko‘rsatilgan.



Aloqador xabarlar